Bir kunda ikki film taqdimoti

Bir kunda ikki film taqdimoti
Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyutrmasiga binoan ishlab chiqarilgan hujjatli filmlarning taqdimoti o‘tkazildi. 

Dastlab rejissyor va senariy muallifi J.Ishoqov, operator B.Qodirovning “Yagona osmon ostida” hujjatli filmi (34 daqiqa davom etadi) tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. Film o‘zbek-tojik xalqi do‘stligi, tarixan bir-biriga yaqin qo‘shniligi va so‘nggi yillarda ikki xalq orasidagi munosabatlarning tubdan yangi qiyofa aks etayotganligi haqidadir. 

Navbatdagi film rejissyor SH.Mahmudov, senariy muallifi E.Shukurov, operator R.Magadiyevning “Hakim at-Termiziy” (“Jayhun yo‘ldoshi”) deb nomlanib, 26 daqiqali mazkur filmda allomaning ibratli hayot yo‘li jonlantirilgan.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!