Belgiya shahzodasi jarimaga tortildi 

Belgiya shahzodasi jarimaga tortildi 

Belgiya taxtiga da’vogar shahzodalardan biri Ispaniyada tashkil etilgan “oqshom”da ishtirok etgani uchun 10 ming yevrodan ko‘proq jarimaga tortiladi.

Belgiya shahzodasi Ioaxim – malika Astridning ikkinchi o‘g‘li, Ispaniyadagi karantin qoidalarini buzganligi uchun 10400 yevro miqdorida  jarima to‘lashga majbur, deb xabar berdi ispan hukumati ma’lumotiga asoslangan AFR agentligi. 

28 yoshli Ioaxim may oyi oxirida Kordovaga malaka oshirishga kelgan va bu yerda bir necha “oqshom” tadbirlarida qatnashgan. Xususiy uylardan birida o‘tkazilgan va 30 kishiga yaqin odam ishtirok etgan kechaga kelgan shahzoda o‘zini yomon his qila boshladi. Ikki kundan keyin unga koronavirus yuqqanligi aniqlandi. O‘sha paytda Ispaniyada amalda bo‘lgan qoidalarga ko‘ra, 15 kishidan ortiq odam bir guruh bo‘lib to‘planishiga ruxsat berilmagan edi.  

Belgiya qiroli Filippning jiyani sifatida, bu shahzoda taxtga da’vogarlar orasida o‘ninchi o‘rinda turadi.

Jon Hopkins universitetining ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniyada 242 mingdan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan. Kasallik oqibatida vafot etganlar soni 27 ming kishidan ko‘proq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!