Bayrutdagi dahshatli portlashning aybdorlari qidirilmoqda

Bayrutdagi dahshatli portlashning aybdorlari qidirilmoqda

Livan Bosh vaziri Xassan Diyabning aytishicha, Bayrut portidagi portlash 70 dan ortiq odamning umriga zomin bo‘lgan, fojia olti yil davomida 2750 tonna ammiakli selitraning noto‘g‘ri saqlanishi natijasida yuzaga kelgan, deya xabar beradi Livan prezident devoni tvitterdagi sahifasida.

"Biz ushbu voqea uchun javobgar shaxslarni topgunimizcha tinchimaymiz. Albatta, uni javobgarlikka tortamiz va eng qattiq jazo tayinlaymiz. Chunki og‘irligi 2750 tonna bo‘lgan ammiakli selitraning bir partiyasi 6 yil davomida omborda bo‘lgan. Fuqarolar xavfsizligiga uchun profilaktika choralari ko‘rilmagan”, — dedi bosh vazir.

Shu bilan birga, Diyab voqeani tekshirish uchun komissiya tuzishni taklif qildi, ushbu komissiya 48 soat ichida voqeaning sababini va aybdorlarni aniqlashi kerak.

Ma’lumot uchun, seshanba kuni kechqurun Bayrut port hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Shahar hokimining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar ko‘p, shahar binolarining yarmi shikastlangan, kasalxonalar to‘lib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!