«Barselona» 16 yoshli Yamal uchun kelgan rekord miqdoragi summani rad etdi

«Barselona» 16 yoshli Yamal uchun kelgan rekord miqdoragi summani rad etdi

«Barselona» Fransiyaning «PSJ» klubidan 16 yoshli hujumchi Lamin Yamalni sotib olish uchun kelgan taklifni rad etdi. Bu haqda "EFE" agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi Yamalni o‘z loyihasining muhim qismi deb hisoblaydi va uni sotishga ruxsat bermaydi. «PSJ»ning taklifi 250 million yevro bo‘lib, bu Laminni futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylantirishi mumkin edi. Avvalroq, 2017 yilning avgustida braziliyalik hujumchi Neymar 222 million yevro evaziga «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tgan edi.

Manbaning qayd etishicha, Yamalning kataloniyaliklar bilan shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli 1 milliard yevroni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!