Bangladeshdagi namoyish qayta boshlandi: Ular aynan nimadan norozi?

Bangladeshdagi namoyish qayta boshlandi: Ular aynan nimadan norozi?

Bangladeshda qayta boshlangan talabalar norozilik namoyishlarida kamida 15 kishi jarohat oldi.

Bu haqda “Protom Alo” nashri ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, talabalar shu oy boshida mamlakatda o‘tkazilgan norozilik aksiyalari ishtirokchilarini ozod qilish talabi bilan yana namoyishga chiqqan.

Qayd etilishicha, Dakka va Bangladeshning boshqa hududlarida bir nechta aksiyalar tashkil etilgan, biroq ular keng ko‘lamli bo‘lmagan, ammo polisiya namoyishlarni tarqatish uchun tayoqlardan foydalangan va 20 ga yaqin odamni hibsga olgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida Bangladeshning turli shaharlarida 1971 yildagi Mustaqillik urushi qatnashchilarining qarindoshlariga ish o‘rinlari uchun kvota qo‘llash tizimiga qarshi norozilik namoyishlari boshlangan edi. Mamlakatdagi vaziyat asta-sekin keskinlashdi, norozilik namoyishlari to‘qnashuvlarga aylandi, unda 170 dan ortiq odam halok bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!