Ayrim hududlarda paxta teruvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi

Ayrim hududlarda paxta teruvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi

Hukumat qarori bilan Moliya vazirligi paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxtani terib olish uchun yillik 14 foiz stavkada (shundan 1 foiz bank marjasi) kredit ajratish maqsadida olti oy muddatda qaytarish sharti bilan «Agrobank» depozitiga 1,6 trln so‘mgacha mablag‘lar joylashtiradi.

2021−2023 yillarda Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida tavsiya etilgan xizmat tariflaridan kelib chiqqan holda paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxtani yig‘ish xarajatlarining 30 foizi davlat byudjeti hisobiga qoplab beriladi.

Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining 6 ta, Surxondaryo viloyatining 4 ta tumanida paxta teruvchilarga amaldagi stavkaga qo‘shimcha ravishda har bir kg paxta uchun 230 so‘m ustama haq to‘lanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!