Ayrim davlatlar Venesueladagi saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqish tarafdori

Ayrim davlatlar Venesueladagi saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqish tarafdori

Argentina, Gvatemala, Dominikana Respublikasi, Kosta-Rika, Panama, Paragvay, Peru, Urugvay va Ekvador hukumatlari Amerika Davlatlari Tashkilotini (OAS) Venesueladagi prezidentlik saylovidan so‘ng favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Bu davlatlar saylov natijalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Agentlik keltirgan deklarasiyada saylovchilarning xohish-irodasi hurmat qilinishini ta’minlash uchun Venesuelada mustaqil kuzatuvchilar bo‘lishi zarurligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, hujjatni imzolagan davlatlar vakillari «ovozlarni sanab chiqish shaffof bo‘lishi va natijalar shubha tug‘dirmasligi kerak», deb ta’kidladi.

Avvalroq, Venesuela Milliy saylov kengashi amaldagi prezident Nikolas Maduro saylovda g‘alaba qozonganini ma’lum qildi.

Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado so‘zlariga ko‘ra, saylovda Maduroning asosiy raqibi Edmundo Gonsales Urrutia g‘alaba qozongan.

«Venesuelada yangi prezident bor va bu Edmundo Gonsales Urrutia. Biz g‘alaba qozondik va buni butun dunyo biladi. Yaqin kunlarda haqiqat va milliy suverenitet himoyasi uchun xatti-hvarakatlar e’lon qilinadi», dedi u jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelada prezidentlik saylovi 28 iyul kuni bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!