Avstriya xavotirda: koronavirus bilan og‘rigan bemorlar soni yana ko‘paya boshladi

Avstriya xavotirda: koronavirus bilan og‘rigan bemorlar soni yana ko‘paya boshladi

“Avstriyada koronavirus bilan kasallanganlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq vaziyat xavotirga solmoqda”, dedi Avstriya sog‘liqni saqlash vaziri Rudolf Anshober.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida mamlakatda 107 ta yangi yuqtirish holati qayd etilgan. Hozirda Avstriyada 677 bemor kasallikning faol bosqichida.

"Shunday qilib, biz bir necha hafta ichida birinchi marta yana uch xonali “marra”ga chiqdik. Bu juda xavfli vaziyat”, dedi Anshober.

O‘z navbatida, mamlakat tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg avstriyaliklarni koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli G‘arbiy Bolqon mamlakatlariga sayohat qilishdan ogohlantirdi.

Hozirda Avstriya Portugaliya, Shvesiya va Buyuk Britaniyadan tashqari Yevropaning yana 32 mamlakati uchun COVID-19 cheklovlarini olib tashlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!