Avstriya inson o‘limi sababli emlashni to‘xtatdi

Avstriya inson o‘limi sababli emlashni to‘xtatdi

Avstriya Angliya-Shvesiya kompaniyasi AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan Covid-19 vaksinasida emlashni to‘xtatgan.

Bloklashning sababi - emlashdan keyin bir kishining o‘limi va yana birining kasalligini tekshirishdir.

Bir necha kun oldin Avstriyaning Menejment va iqtisodiy tadqiqotlar instituti uchta nemis tilida so‘zlashadigan mamlakatlar - Avstriya, Germaniya va Shveysariyada tadqiqot o‘tkazgan. Ma’lum bo‘lishicha, avstriyaliklar Rossiyaning Sputnik V vaksinasiga AstraZeneca vaksinasidan ko‘proq ishonishar ekan. 

Tadqiqotga ko‘ra, Yevropada hali tasdiqlanmagan Sputnik V vaksinasini Angliya-Shvesiya kompaniyasining dorisidan ko‘ra ikki baravar ko‘p avstriyaliklar ijobiy baholashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!