Argentina, Peru va Chili Maduroning g‘alabasini tan olmadi

Argentina, Peru va Chili Maduroning g‘alabasini tan olmadi

Argentina prezidenti Xaver Miley Venesuelada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Nikolas Maduroning g‘alabasini tan olishdan bosh tortdi. Peru va Chili hukumatlari ham xuddi shunday qaror qabul qilgan.

Bu haqda Miley «X» ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

U venesuelalik muxolifatchi Edmundo Gonsalesni g‘olib deb atadi.

Peru tashqi ishlar vaziri Xaver Gonsales-Olaechea Venesuelada o‘tkazilgan saylovni «xalq irodasiga hujum» deb atadi.

Chili tashqi ishlar vaziri Alberto van Klaveren mamlakat hukumati Nikolas Maduroning g‘alabasini xalqaro kuzatuvchilar o‘z natijalarini e’lon qilmaguncha tan olmasligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!