AQShning 363 nafar fuqarosi Afg‘onistonda qolmoqda — OAV

AQShning 363 nafar fuqarosi Afg‘onistonda qolmoqda — OAV

Hozirda AQShning 363 fuqarosi Afg‘onistonda qolmoqda, ularning yarmiga yaqini mamlakatni tark etmoqchi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSh Davlat departamenti AQSh Kongressi vakillariga 363 nafar amerikalik bilan aloqada ekanligini aytgan, ulardan 176 nafari Afg‘onistonni tark etishni xohlaydi.

2021 yil yozi oxirida AQSh va uning ittifoqchilari Afg‘onistondan 124 mingga yaqin odamni, jumladan, 4,2 mingdan ortiq AQSh fuqarolarini evakuasiya qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!