AQShda o‘qituvchi ishdan chetlatildi, u...

AQShda o‘qituvchi ishdan chetlatildi, u...

AQShning Nyu-Jersi shtatida musulmon o‘quvchilardan birini terrorchi deb atagan matematika o‘qituvchisi tekshiruv tugagunga qadar ishdan chetlatildi.

Voqea Bergen shahridagi Rijfild memorial maktabida sodir bo‘lgan.

Arab millatiga mansub o‘n yetti yoshli Muhammad Zubiy dars paytida o‘qituvchi tomonidan kamsitilgan: “Vazifani uyda tugatsak bo‘ladimi?” degan savoliga o‘qituvchi “Biz terrorchilar bilan savdolashmayapmiz”, deya javob qaytargan.

Rijfild maktabining vaqtinchalik inspektori Letisiya Pantoliano o‘quvchilar yoki xodimlarning kamsitishi mumkin emasligini ta’kidladi. “Biz o‘quvchilar va xodimlarning irqiy, diniy va etnik o‘ziga xosligini qabul qiladigan muhitni yaratishga harakat qilmoqdamiz”, – dedi u.

Shuningdek, Pantoliano maktab rahbariyati matematika o‘qituvchisini javobgarlikka tortish uchun barcha qonuniy vositalardan foydalanishga tayyorligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!