AQSh Tojikistonga Moderna vaksinasining 1,5 mln dozasini yetkazib berdi

AQSh Tojikistonga Moderna vaksinasining 1,5 mln dozasini yetkazib berdi

26 iyul kuni kechqurun Turk havo yo‘llarining maxsus reysi AQShdan Dushanbe xalqaro aeroportiga 1,5 mln dozada Moderna vaksinalarini yetkazib berdi, deya xabar bermoqda Interfaks.

O‘tgan hafta AQSh Davlat departamenti matbuot kotibining birinchi o‘rinbosari Jalina Porter AQSh 23 mamlakatga, shu jumladan Tojikistonga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun 22 mln doza yuborilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Bu AQShda ishlab chiqarilgan vaksinalarning Tojikistonga ilk bor jo‘natilishi. Avvalroq, 22 iyul kuni Ozarbayjon Tojikistonga gumanitar yordam sifatida AstraZeneca vaksinasining 40 ming dozasini taqdim etgan edi. Hozirgi kunda mamlakatda Hindistonda ishlab chiqarilgan AstraZeneca vaksinalari qo‘llanilmoqda. Ular mart oyida COVAX dasturi asosida mamlakatga 192 ming doza miqdorida olib kelingan. Shuningdek 20 iyunda Xitoydan gumanitar yordam sifatida CoronaVac vaksinasining 300 ming dozasi yuborilgan edi. Tojikistonda 18 yoshdan katta bo‘lganlarga majburiy emlash tartibi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!