AQSh Sirdaryoda toshqindan zarar ko‘rgan oilalar uchun zarur vositalarni yetkazib berdi

AQSh Sirdaryoda toshqindan zarar ko‘rgan oilalar uchun zarur vositalarni yetkazib berdi

Bugun AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum Sardoba suv ombori o‘pirilishi ortidan “Sog‘lom avlod uchun” nodavlat xayriya jamg‘armasiga zarur vositalarni topshirdi.

Insonparvarlik yordami tabiiy ofatdan jabrlangan 2000 ta oilaga yetkaziladi. AQSh hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali taqdim etgan insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zurur narsalardan (gigiyena vositalari, ko‘rpa-to‘shaklar, choyshablar, suv tozalash uchun tabletkalar va boshqalar) tashkil topgan.

 Jamg‘arma ushbu insonparvarlik yordamini suv toshqini bo‘lgan hududlarga yetkazib beradi hamda uni Sirdaryo viloyatidagi hududiy filiali orqali tarqatadi. Sirdaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan yordamga muhtojlar aniqlanadi va o‘z egalariga yetkazib beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!