AQSh Qirg‘izistondagi ikkita kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

AQSh Qirg‘izistondagi ikkita kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

Qirg‘izistonda ikki kompaniya va Rossiya bankining filiali Amerika sanksiyalari ostida qoldi. Bu haqda Tazabek xabar berdi.

Ma’lum , “Nova Proyekt” va “Tranzit Servis Bishkek” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (MCHJ) nisbatan iqtisodiy cheklovlar joriy etilgan.

“Nova Proyekt” Qirg‘izistonda 2022 yil avgust oyida ro‘yxatga olingan. AQSh G‘aznachilik departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, rus kompaniyasi direktori yevropalik dastgoh ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilib, Rossiya uchun dastgohlarni noqonuniy sotib olgan. Buning uchun u “Nova Proyekt” MCHJdan foydalangan.

Mazkur Rossiya kompaniyasi aslida aviasiya sanoati uchun metallga ishlov berish uskunalari va yuqori aniqlikdagi qismlarni yetkazib beruvchi va ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Ikkinchi kompaniya “TCB” bo‘lib, Qirg‘izistonda 2015 yildan beri ro‘yxatdan o‘tgan. Oxirgi marta 2023 yilda qayta ro‘yxatga olingan. Unga nima sababdan sanksiyalar qo‘llangani haqida ma’lumot berilmagan. AQSh Moliya vazirligining yangilangan sanksiyalar ro‘yxatiga ushbu ikki kompaniyadan tashqari Rossiyaning “Promsvyazbank” ochiq aksiyadorlik kompaniyasining Pekin, Bishkek va Nyu-Dehlidagi filiallari kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!