AQSh Davlat departamenti mamlakat prezidenti Jo Bayden ma’muriyatiga Rossiya hududiga zarba berish uchun Shtatlar qurolidan foydalnishga ruxsat berishni taklif qilmoqda

AQSh Davlat departamenti mamlakat prezidenti Jo Bayden ma’muriyatiga Rossiya hududiga zarba berish uchun Shtatlar qurolidan foydalnishga ruxsat berishni taklif qilmoqda

AQSh Davlat departamenti mamlakat prezidenti Jo Bayden ma’muriyatiga Rossiya hududiga zarba berish uchun Shtatlar qurolidan foydalnishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Davlat departamenti tashabbusi bilan ma’muriyat endi ukrainaliklarga Rossiya bilan chegaraning narigi tomonida hujumlar uyushtirishga ruxsat berish uchun taqiqni (Rossiyada AQSh qurollaridan foydalanish) yumshatish bo‘yicha qizg‘in muhokamalar olib bormoqda, deb yozadi nashr nomi oshkor etilmagan rasmiylarga tayanib.

Qayd etilishicha, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken tomonidan ushbu taklif ilgari surilmoqda. Ammo, bu tashabbus Baydenga hali rasman taqdim etilmagan, shuningdek, uning prezidentga yaqin kishilar orasida qanchalik kuchli qo‘llab-quvvatlanishi ham noma’lum. Blinkenning AQSh qurollari bo‘yicha pozisiyasi Rossiya kuchlarining Ukrainadagi muvaffaqiyatlari tufayli o‘zgardi, deydi rasmiylar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!