AQSh byudjeti taqchilligi oshib bormoqda — kongressmenlar

AQSh byudjeti taqchilligi oshib bormoqda — kongressmenlar

AQSh kongressmenlari tomonidan mudofaa sohasida tahlil qilish va tavsiyalar berish vakolatiga ega bo‘lgan Milliy mudofaa strategiyasi komissiyasi hisobotida aytilishicha, AQSh byudjeti taqchilligi ortib borayotgani mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“AQSh defisitining ortib borayotgani milliy xavfsizlikka tahdid soladi. Shuning uchun xavfsizlik xarajatlarining oshishi qo‘shimcha soliqlar va majburiy xarajatlar islohotlari bilan muvozanatlashtirilishi kerak”, — deyiladi RAND* tahlil markazi tomonidan chop etilgan komissiya hujjatida.

Hisobotda ta’kidlanganidek, AQSh xavfsizligini mustahkamlash va urush davridagi iqtisodni potensial safarbar qilish uchun qo‘shimcha xarajatlar jamoatchilik va Kongress tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.

“Qarz chegarasi, davlat tomonidan moliyalashtirilishi, xarajatlar chegarasi va dolzarb ijtimoiy muammolar bizning raqiblarimiz bilan strategik raqobatni boshqarish qobiliyatimizni zaiflashtirmoqda”, — deya qo‘shimcha qilgan mualliflar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!