Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqaradi

Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqaradi

Apple kompaniyasi Hindistondagi zavodda iPhone 13 ishlab chiqarishni boshladi.

Bu rejalashtirilganidan uch oy keyinroq amalga oshmoqda, deb yozadi 9to5mac.

Qayd etilishicha, kechikish Hindistonning Chennay shahridagi Foxconn zavodida aniqlangan yomon mehnat sharoitlari bilan bog‘liq.

Mazkur korxona faoliyati ishchilarning ko‘plab shikoyatlaridan so‘ng to‘xtatilgandi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, zavod yaqinidagi umumiy yotoqxonalarda sanitariya me’yorlariga amal qilinmagan.

Nashrning ma’lumot berishicha, 250 nafarga yaqin ishchi kasal bo‘lib qolgan.

Apple shuningdek, Vyetnam va Indoneziyada ham mahsulot ishlab chiqaradi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!