Angliyaning Sautport shahrida pichoqli hujum oqibatida ikki bola halok bo‘ldi

Angliyaning Sautport shahrida pichoqli hujum oqibatida ikki bola halok bo‘ldi

Mersisayd polisiyasi boshlig‘i Serena Kennedi Angliyaning Sautport shaharchasida pichoqli hujum oqibatida ikki bola halok bo‘lgan, yana 11 nafar, jumladan, to‘qqiz bola jarohatlanganini aytdi.

Kennedi Shimoliy G‘arbiy tez yordam xizmati xodimi Deyv Kitchin va Mersisayd yong‘in va qutqaruv xizmati boshlig‘i Fil Garrigan bilan qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, polisiya raqs maktabida pichoqlangani haqida mahalliy vaqt bilan soat 11:47 da xabar olgan. Kennedi ikki bola halok bo‘lganini va 6 nafari og‘ir 9 bola yaralanganini e’lon qildi.

Kennedi, shuningdek, ikki kattalar ham og‘ir yaralanganini va bu odamlar bolalarni himoya qilmoqchi bo‘lgan paytda otib tashlanganini aytdi.

17 yoshli qotillikda gumonlanuvchining hibsda ekanligi va uning so‘roqlari davom etayotganiga e’tibor qaratgan Kennedi, gumonlanuvchining Lankashir mintaqasidagi Banks shaharchasidan ekanligi, lekin u asli Uels poytaxti Kardiffdan ekani haqidagi ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi.

Polisiyaning qo‘shimcha qilishicha, hujum qurbonlari Xart-stritdagi raqs maktabida amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftning konseptual tadbiriga tashrif buyurgan bolalardir. Uning ta’kidlashicha, voqea terrorchilik harakati sifatida baholanmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!