Andijonda ikkita “zapravka” salkam 9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Andijonda ikkita “zapravka” salkam 9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Andijon viloyatida salkam 9 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita AGTKSh aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya”ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Holat inspeksiyaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatida o‘tkazayotgan nazorat tadbirlarida fosh bo‘lgan.

Jalaquduq tumanida faoliyat yurituvchi “J.M.S.” MCHJ ga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining gaz hisoblagich kamera qismidagi ichki detallarda davlat standartlari talablariga nomuvofiqlik holati aniqlanib, ta’minot korxonasi jami 4 milliard 78 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.

Qorasuv shahrida joylashgan “SH.G.A.V.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining gaz hisoblagichi kamera qismidagi ichki detallar davlat standartlari talablariga nomuvofiqligi, ta’minot korxonasi jami 4 milliard 843 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!