Andijonda haydovchi YPX xodimining bodikamerasini yulib oldi (video)

Andijonda haydovchi YPX xodimining bodikamerasini yulib oldi (video)

Andijon viloyati Shahrixon shahrida Lacetti haydovchisi  YPX xodimining bodikamerasini yulib oldi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» axborot dasturi xabar berdi.

4 yanvar kuni Shahrixon tumanida Lacetti haydovchisi tomonidan qoidabuzarlik sodir etilgan. Videodan ko‘rish mumkinki, haydovchi YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan mashinaning hech qanday hujjatlari yo‘qligini, «mashina o‘g‘irlanganini» ta’kidlab, uning yoqasiga yopishgan. Haydovchi YPX xodimining bodikamerasini yulib olib, mashinasida ketib qolishga uringan. Inspektor esa unga qarshilik ko‘rsatib, mashinaga o‘tirib olgan. Yordamchi kuchlar yetib kelganidan so‘ng mashina jarima maydonchasiga olib borilgan.

Lacetti haydovchisi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 million 575 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, YPX xodimlari 2020 yil 1 yanvardan boshlab mobil videokamera (bodi-kamera)dan foydalangan holda o‘z xizmat vazifasini olib bormoqda.

O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari bodi-kameralar bilan ishlay boshlashi haqida ilk bor 2017 yil 22 dekabrida aytilgan, muddat sifatida 2018 yilning 10 fevrali ko‘rsatilgan edi. Keyinchalik muddat 1 martga ko‘chdi, keyinroq sentyabrda bo‘ladi, deyildi. 2018 yil dekabrida hukumat tomonidan qabul qilingan qarorda yangi muddat — 2019 yilning 1 iyuli ko‘rsatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!