Ana xolos! Kim Chen In Rossiya nonini tatib ko‘rishni istamadi

Ana xolos! Kim Chen In Rossiya nonini tatib ko‘rishni istamadi

Shimoliy Koreya davlat rahbari Kim Chen In zirhli poyezdida Rossiyaga yetib keldi va o‘zini kutib olgan rus qizlari qo‘lidan non-tuz tatib ko‘rishdan bosh tortdi.

Primore o‘lkasidagi Xasan stansiyasida Kim Chen Inni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning zirhli poyezdi chegaradan o‘tgach, bu yerda biroz vaqt to‘xtagan. Biroq Shimoliy Koreya rahbari o‘zini kutib olgan rus qizlari qo‘lidan slavyan xalqining to‘y tantanalarida tayyorlanadigan noni - karavaydan tatib ko‘rishni istamadi.

Buning o‘rniga KXDRning Primoryedagi bosh konsuli Zo Sek Chxor karavay nonini o‘ziga sovg‘a qilishlarini so‘ragan. Tashkilotchilar uning iltimosini bajarishdi.

Kim Chen In Xasan stansiyasida to‘xtaganining sababi, u Kim Ir Sen uyi ni ziyorat qilishni istagan. Bu uy Rossiya va Shimoliy Koreya do‘stligi ramzi sifatida o‘z vaqtida qurilgan edi.

Shundan so‘ng Kim Ir Sen Vladivostokka yo‘l oldi. U yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Muzokara 25 aprelda o‘tishi kutilmoqda. Kim Chen In Rossiyaga birinchi bor tashrif buyurmoqda. Bunga qadar uning otasi Kim Chen Ir uch marta bu yerda bo‘lgan edi. Oxirgi uchrashuv 2011 yilda o‘tkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!