Aleksey Navalniyni Germaniyada umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan rossiyalik razvedkachi Vadim Krasikov bilan almashinuvi muhokama qilingan

Aleksey Navalniyni Germaniyada umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan rossiyalik razvedkachi Vadim Krasikov bilan almashinuvi muhokama qilingan

Rossiyalik marhum siyosatchi Aleksey Navalniyni Germaniyada umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan rossiyalik razvedkachi Vadim Krasikov bilan almashinuvi muhokama qilingan.

Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, AQSh va Germaniya yetakchilari Jo Bayden va Olaf Shols 2024 yil 9 fevralda Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ehtimoliy almashinuvni muhokama qilishgan.

G‘oya AQSh Davlat departamentining sobiq rahbari Hillari Klinton tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Alekseyning rafiqasi Yuliya Navalnaya ham Germaniya rasmiylariga Navalniyning almashinuvini tasdiqlash iltimosi bilan norasmiy murojaat qilgan, deb yozadi WSJ.

Vadim Krasikov Chechenistonning sobiq dala qo‘mondoni Zelimxon Xangoshvilini o‘ldirganlikda ayblanib jazoni o‘tayotgan rossiyalik razvedkachi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!