"Al-Qoida" o‘zining Shimoliy Afrikadagi yangi yetakchisini tayinladi

"Al-Qoida" o‘zining Shimoliy Afrikadagi yangi yetakchisini tayinladi

"Al-Qoida" o‘zining Shimoliy Afrikadagi bo‘limiga yangi rahbarni tanladi. Bundan oldingi rahbar Abdelmalek Droukdel iyun oyida fransuz kuchlari tomonidan o‘ldirilgandi, deb xabar berdi SITE kuzatuv tashkiloti.

"Al-Qoida"ning Shimoliy Afrikadagi «Obro‘li odamlar kengashi» rahbari bo‘lgan jazoirlik Abu Obida Yusuf al-Annabi Droukdelning vorisi deb e’lon qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Al-Annabi 2015 yil sentyabrida Amerikaning «xalqaro terrorchilar» qora ro‘yxatiga kiritilgan. U muntazam ravishda Al-Qoidaning tashviqot videolarida qatnashib keladi. U 2013 yilda Fransiyaning Maliga bostirib kirgani uchun musulmonlar undan qasos olishi kerakligini talab qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!