«Al-Azhar» universitetiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolaridan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyasi talab etiladi

«Al-Azhar» universitetiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolaridan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyasi talab etiladi

Misrning «Al-Azhar» ta’lim majmuasi bilan erishilgan kelishuvga muvofiq 2021 yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu ta’lim majmuasining barcha muassasalariga qabul qilish faqatgina Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tavsiyasi asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib "Daryo" xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Al-Azhar» majmuasida ta’lim olish yuzasidan murojaatlar Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida o‘qishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 13 avgustdagi 651-son qarori bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida tashkil etilgan O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishiga ko‘maklashish bo‘yicha Maslahat kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda qo‘mita tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.

«Al-Azhar» ta’lim majmuasida o‘qish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi lozim:

  • ariza (namuna bo‘yicha)
  • fuqarolik pasporti yoki (ID) karta nusxasi;
  • umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida shahodatnoma, attestat), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yoki oliy ta’lim muassasasini tugatgani haqidagi hujjat;
  • fuqaroning shaxsiy ma’lumotnomasi (namuna bo‘yicha namuna to‘ldirish shakli) va tarjimai holi (erkin shaklda).

Ma’lumot uchun, murojaatlar Maslahat kengashi Ishchi guruhi tomonidan 16—30 iyul kunlari (keyingi yildan 1—30 iyul kunlari) ko‘rib chiqiladi hamda Ishchi guruhi bilan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra «Al-Azhar» ta’lim majmuasida o‘qishga tavsiya etilgan fuqarolar ro‘yxati tavsiya xati asosida «Al-Azhar» majmuasi institutlari departamenti administrasiyasining elektron manziliga yuboriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!