Afrikada aniqlangan kovidning yangi shtammi “Ebola kabi xavfli”

Afrikada aniqlangan kovidning yangi shtammi “Ebola kabi xavfli”

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusining yangi B.1.1.529 shtammini “xavotir uyg‘otuvchi variant” deb topdi, uni “Omikron” deb nomladi.

Yangi Omikron variantida ko‘p sonli mutasiyalar mavjud, ularning ba’zilari xavotirga soladi.

Butunjahon tibbiyot assosiasiyasi (WMA) raisi Frank Ulrich Montgomeriga ko‘ra, yangi omikron koronavirus shtammi o‘zining xavfliligi bo‘yicha Ebola virusi bilan solishtirish mumkin.
Rossiya yakshanba kunidan Gonkong, Janubiy Afrika Respublikasi va janubiy Afrikaning boshqa davlatlari - Botsvana, Lesoto, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Esvatini va Tanzaniyadan chet elliklarning mamlakatga kirishiga cheklov kiritadi.
Evropa Ittifoqi davlatlari koronavirusning yangi shtammi haqidagi xabarlar ortidan Janubiy Afrika mintaqasidagi 7 mamlakatdan YEIga kirishga cheklovlar joriy etishga kelishib olishdi. AQSh prezidenti Jo Bayden 29 noyabrdan 8ta Afrika davlati, jumladan, JAR bilan avia qatnovini cheklashini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!