Afg‘onistondagi «Ko‘shtepa» kanali 5 yilda qurib bitkaziladi

Afg‘onistondagi «Ko‘shtepa» kanali 5 yilda qurib bitkaziladi

«Ko‘shtepa» afg‘on kanalini qurish loyihasining ikkinchi qismi 58 foizga yakunlangan. Bu haqda Ko‘shtepa kanali rivojlanishi Milliy kompaniyasi loyihasi vakili Said Zabihulla Miri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Hozirda qurilishda 3,5 ming kishi va 3 ming texnika ishtirok etayotgani ma’lum qilindi. «Ko‘shtepa» kanali 5 yildan keyin ishga tushadi, deb qo‘shimcha qildi Said Zabihulla Miri.

Tolibonlar rejasiga ko‘ra, «Ko‘shtepa» kanali Balx, Juzjon va Foryob viloyatlaridagi taxminan 500 ming gektar yerni suv bilan ta’minlashi kerak.

Kanalning ishga tushirilishi Afg‘onistonga yiliga o‘rtacha 500 million dollar daromad keltiradi.

Kanal to‘liq yakunlanganida, Afg‘oniston Amudaryo suvining 15 foizigacha olishi, bu esa O‘zbekiston va Turkmaniston uchun jiddiy muammo tug‘dirishi mumkin.

Rejaga ko‘ra, kanalning uzunligi 285 km, kengligi 100 metr, chuqurligi esa deyarli 8,5 metrni tashkil etishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!