9 dekabr kuni mamlakatimizning aksariyat hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda

9 dekabr kuni mamlakatimizning aksariyat hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 9 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8, kunduzi 3-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, ba’zi joylarda 24 darajagacha, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, Navoiy viloyati shimolida 15-20, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushadi. Ayrim joylarda yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushadi. Ayrim joylarda yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushadi. Ayrim joylarda yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti- vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli qor yog‘ib, tuman tushadi. Ayrim joylarda yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

9-12 dekabr kunlari O‘zbekistonning aksriyat qismida sovuq havo harorati saqlanib qoladi: kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq, respublikamiz shimoli va cho‘l hududlarida kechasi 17-22, 9-10 dekabr kunlari ba’zi joylarda 24 darajagacha, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.

8 dekabr kuni respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!