29 994 ta yuk transporti egalari lisenziyasiz faoliyat ko‘rsatayotgani aniqlandi

29 994 ta yuk transporti egalari lisenziyasiz faoliyat ko‘rsatayotgani aniqlandi

TOSHKENT (Turon24) – Texnik jihatdan soz bo‘lgan 29 994 ta yuk transporti egalari davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan lisenziyasiz faoliyat ko‘rsatayotgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo‘limi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan yuk tashuvchi transport vositalari egalarining faoliyati qonuniyligi tegishli idoralardan ma’lumotlar olinib, o‘rganilganda yuqoridagi holat aniqlangan.

Ma’lumotga ko‘ra, Respublika bo‘yicha jami 115 787 ta yuk tashuvchi transport vositalari mavjud bo‘lib, 61 365 tasi 2018 yilda texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan va sozligi haqida xulosa qilingan, 54 422 tasi texnik ko‘rikdan o‘tmagan (ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha IIVga xat kiritilgan).

Xabarda qayd etilishicha, mazkur transport vositalarining to‘liq ro‘yxati shakllantirilgan hamda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarga yuborilgan. Natijada dastlabki 20 kunda 3 939 tasining faoliyati qonuniylashtirilgan va 1 mlrd 930 mln so‘m davlat boji undirilgan.

Manba: turon24. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!