22 kun ichida tadbirkorlar 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

22 kun ichida tadbirkorlar  3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Bu Energetika vazirligi shtabi oktyabr oyida o‘tkazgan reyd tadbirlarida ma’lum bo‘ldi. Respublika bo‘yicha tadbirkorlar tabiiy gazdan 228 ta holatda noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

«22 kun ichida 4 mln 278 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Buning natijasida, gaz ta’minoti tashkilotlari yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 832 mln 900 ming so‘mni tashkil qilgan», — deyiladi xabarda.

Ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 427 ming 830 ta xonadonning 1 kunlik iste’molini tashkil qiladi. Bu Namangan va Andijon viloyatlari aholisining bir kunlik iste’moli degani.

Ushbu noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Aniqlangan holatga huquqiy baho berish uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!