+211. Toshkent shahrida 200 kishida koronavirus aniqlandi, 1 nafar bemor vafot etdi

+211. Toshkent shahrida 200 kishida koronavirus aniqlandi, 1 nafar bemor vafot etdi


2020 yil 25 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 392 (+211) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 200 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

📊 Bugun ayni paytga qadar: 
📌Toshkent shahrida 271 nafar, 
📌Toshkent viloyatida 81 nafar, 
📌Qashqadaryo viloyatida 35 nafar, 
📌Surxondaryo viloyatida 19 nafar, 
📌Andijon viloyatida 12 nafar, 
📌Navoiy viloyatida 10 nafar, 
📌Samarqand viloyatida 6 nafar  
📌Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 50 879 (+438) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 064 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!