RASMAN: “HAJ – 2026” MAVSUMI 2 MAYDAN BOSHLANADI!
O‘zbekistondagi 2026 yilgi Haj mavsumi 2 maydan boshlanadi. 18 mayga qadar har kuni yurtimizdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Ziyoratchilar yurtimizning 9 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlaridagi aeroportlardan Madina shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadi.
🗣Hamyurtlarimizni Madina shahriga yetkazish Saudiya Arabistonining FlyAdeal aviakompaniyasi tomonidan, hojilarni ona-Vatanimizga olib kelish esa Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshiriladi.
✅ Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha quyidagi tayyorgarlik ishlari jadal amalga oshirilmoqda:
🔎 – ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, meningit kasalligiga qarshi emlandi;
🆔 – bo‘lg‘usi hojilarning rasmiy haj vizalari va boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirish yakunlandi;
💬 – ziyoratchilarga guruh rahbarlari biriktirilib, safar oldi mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
🤝 Shuningdek, har bir ziyoratchiga quyidagilar taqdim etilmoqda:
📕 – “Haj – buyuk ibodatdir” qo‘llanmasi
🎒 – sumka
🦺 – nimcha
🤩 – termos
☂️ – soyabon
👍 – sim-karta
⚡ – quvvatlagich.
💬 Ayni paytda Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan "Haj – 2026" mavsumi ilk ishchi guruhlari hamkor tashkilotlar bilan birga mehmonxonalar, Mino va Arofot vodiylarida ziyoratchilar ibodatlarini bekamu ko‘st ado etishi uchun munosib sharoitlar tayyorlash bo‘yicha faol ish olib bormoqda.
