Isroil “Global Sumud flotiliyasi”ga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Isroil Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi “Global Sumud flotiliyasi” uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas The Times of Israel nashriga tayanib ma’lum qildi.
Isroil rasmiylari bu tashabbusni HAMAS tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda gumanitar missiya niqobi ostida tashkil etilgan deb hisoblaydi.
“Global Sumud flotiliyasi” — fuqarolar tashabbusi bo‘lib, uning maqsadi G‘azo sektoriga dengiz blokadasini buzish va gumanitar yordam yetkazishdan iborat. Isroil va Misr bu blokadani HAMASga qurol kirishini to‘xtatish uchun qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Isroil vazirining aytishicha, sanksiyalar asosan moliyalashtirish manbalarini to‘xtatishga qaratilgan. Uning ta’kidlashicha, bu cheklovlar “terroristik tashkilotni qo‘llab-quvvatlashdan donorlarni tiyish” uchun joriy etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda ham faollar G‘azoga gumanitar yordam yetkazishga uringan, biroq Isroil harbiy-dengiz kuchlari flotiliyani to‘xtatgan. Bu yil esa harakat 100 ta kema va taxminan 1000 ishtirokchi bilan katta ko‘lamda tashkil etilgan. Flotiliya yaqin kunlarda mintaqaga yetib borishi kutilmoqda, Isroil esa uni to‘xtatishni davom ettirishini bildirgan.
