Yuzlab she’rlari qo‘shiqqa aylangan shoir reanimasiyada og‘ir ahvolda. Ayoli yordam so‘ramoqda…

A A A
Yuzlab she’rlari qo‘shiqqa aylangan shoir reanimasiyada og‘ir ahvolda. Ayoli yordam so‘ramoqda…

Ko‘plab she’rlari mashhur xonandalar tomonidan qo‘shiqqa aylantirilgan taniqli shoir Shamsiddin Sadoiy og‘ir ahvolda. Bu haqda Sadoiyning ayoliga tayanib, «Fikrat.uz» xabar bermoqda. 

“Shoir Shamsiddin Sadoiy hozir Zangiotadagi shifoxonada jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda yotibdi. Ne-ne mashhur qo‘shiqchilar uning she’rlarini qo‘shiq qilib aytishgan. Telefon qilsam, hech biri yordam bermayapti. Iltimos, yordam bering, xo‘jaynim o‘lib qoladi”

Yig‘i aralash ovozli yozuvdan tushunganlarim shu bo‘ldi. Uni shoirning turmush o‘rtog‘i Iqbol Ergasheva yuborgan ekan.

O‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun gapni boshidan boshlasam. Bir odatim bor, “Facebook”da do‘st tutinganlarimga tavallud kunlari munosabati bilan dil so‘zlarimni yozib turaman. Kecha xalqimiz sevib tinglaydigan qator qo‘shiqlarning muallifi, shoir Shamsiddin Sadoiyning ham tavallud kuni ekan, tabrik yo‘lladim. Ochig‘i, Sadoiy bilan yaqin tanish emasman: ikki-uch marta ko‘rishganmiz, xolos. Ammo uning qalamiga mansub Nuriddin Haydarov ijrosidagi “Davlating borida” qo‘shig‘i yangrasa, berilib tinglayman.

Xullas, tongda turib, internetga kirsam, shoirning profilidan ovozli yozuv kelibdi. Qiziqib, eshitishga tutindim: yuqoridagi gaplar… Eng alamlisi, shoir tavallud kunini reanimasiyada og‘ir ahvolda o‘tkazibdi. Uch kun avval komadan chiqqan ekan.

Nima qilarimni bilmayman: Ozodbek Nazarbekovga telefon qilsammikan yoki Yulduz Usmonovagami? G‘ulomjon Yoqubov, Sardor Mamadaliyev, Ravshan Komilov, G‘iyos Boytoyev, xullas, bir zumda o‘ndan ortiq mashhurlarning ismlari xayolimdan o‘tdi. Yaxshisi, avval, tafsilotni to‘liq bilib olay, degan o‘y bilan Sadoiyning qo‘l telefoni raqamlarini terdim. Telefoni ayolida ekan, go‘shakni u ko‘tardi. O‘zimni tanishtirib, vaziyatni tushuntirishini so‘radim.  

Ma’lumot uchun: Shamsiddin Sadoiy 1958 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. “Meni kutgan edingiz”, “Davlating borida”, “Dunyoni muhabbat oladi”, “Seni menga yaratgan” singari she’riy to‘plamlari nashr etilgan. O‘zbekiston Kahramoni, xalk shoiri Abulla Oripov ta’biri bilan aytganda, «Shamsiddin ta’bi nozik yigit. Albatta, shu manoda o‘ziga xos Mashrabfel shoir”. Zamonaviy o‘zbek qo‘shiqchiligida uning she’rlarini kuylamagan xonandaning o‘zi bo‘lmasa kerak: Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, G‘ulomjon Yoqubov, Sardor Mamadaliyev, Ravshan Komilov, G‘iyos Boytoyev… bular faqat mening bilganlarim, xolos.

Suhbatimizning asosiy qismini e’tiboringizga havola etaman. Zora, qalbida mehr-oqibati bor san’atkorlarimiz bu oilaga yordam qo‘llarini cho‘zishsa. Chunki shoir va uning oilasi boshiga tushgan muammolar shunchalik ayanchliki, ular bizning yordamimizga juda ham muhtoj.

– Hozir og‘ir ahvolda, reanimasiyada, – deydi suhbatdoshim. – Hech kim so‘ramaydi, shuncha qo‘shiqlarini kuylagan san’atkorlar ham kelmaydi. Bir o‘zim qolib ketdim. Nechtasiga telefon qildim. Hammasi jim… (yig‘laydi)

Bu insonning hatto uyi ham yo‘q. Shu sabab 5 yashar o‘g‘ilchamiz ham biz bilan turmaydi. Chunki Do‘rmonda (Yozuvchilar uyushmasining mehmonxonasida) turamiz. Nahotki, shunday shoir xor bo‘lsa. Axir Abdulla Oripov aytgan-ku “Er ostidagi oltin – Shamsiddin Sadoiy, endi uni ko‘tarish kerak”. Men qo‘rqaman, agar unga bir narsa bo‘lib qolsa, qayerdan chiqaraman, mehmonxonadanmi, uy-joyi bo‘lmasa. Ikki sumka kiyim-kechagi va she’ridan boshqa hech narsasi yo‘q, tepada Alloh guvoh. Jurnalist bo‘lsangiz, yordam bering, Prezidentga yetkazing gaplarimni. Men Yozuvchilar uyushmasidan umid qilmayman, ular uy ham berishmadi.

Uyushmaga a’zo bo‘lganiga 1-1,5 yilcha vaqt bo‘ldi. U uyushmaga a’zo bo‘laman, deb qatnayverib, uyushmaning yo‘llari chuqur bo‘lib ketdi. Yiliga 4-5 marta (Navoiydan) kelib ketardi, lekin oldingi rais uni a’zo qilmasdi. Sirojiddin Sayyid rais bo‘lgach, uni a’zolikka qabul qildi. Oldingi rais Kimsan, demasdi. Kvartirama-kvartira yurardik, oyiga 200-250 dollar to‘lab. Uyushmaga a’zo bo‘lgach, Do‘rmondagi Yozuvchilar uyushmasining mehmonxonasidan bir xona joy ajratib berishdi. Imkonimiz bo‘lmagandan keyin o‘g‘ilchamni onamga berib yubordik.

To‘g‘ri, (Uyushma) bir marta yordam berishdi, avgust oyida 1 mln so‘m, Navoiyda bolnisada yotganda. Lekin 1 mln so‘m nima ham  bo‘lardi. Bizni mart oyida karantin boshlanganda, mehmonxonadan chiqarib yuborishdi. Navoiyga borib, qurilayotgan uyda, bir xona yashadik.

Hozir bir o‘zim qolib ketganman. Har kuni Zangiotaga boraman, buyam o‘zi bo‘lmayapti. Menga yordam bering, imkoningiz bo‘lsa. Bir-ikkita qo‘shiqchiga telefon qildim, ular parvo ham qilmadi. Mana-man deganiga ham telefon qildim, foydasi bo‘lmadi.

Yulduz Usmonova “Dadajon” qo‘shig‘i bilan (Turkiyada) birinchi o‘rinni oldi. Ozodbek Nazarbekov ham “Ey, gul yuzim” bilan Karimovning nazariga tushgandi. Mart (Navro‘z), sentyabr (Mustaqillik) oylarida (bayramlarda) 5 martagacha qayta-qayta aytardi shu qo‘shiqni.

Sardor Mamadaliyev “Yig‘latma”ni aytdi, bizga 50 dollar berdi, boshqa berolmayman, dedi. Lekin shu qo‘shig‘i Qirg‘istongacha mashhur bo‘ldi, muhlislari ko‘paydi.

Hozir reanimasiyada yotibdi, aholini ham aniq bilolmayapman. Ba’zida do‘xtirlar telefon qilishadi. Ichadigan suvi ham yo‘q ekan, suv keltirib beryapman. U yerda suv ichish uchun yaroqsiz ekan. Ba’zida ovqat aytishadi, lekin ovqat keltirib berolmayapman, qo‘limda pulim yo‘q. U-bu tashkilotlarga ayting, iltimos, holidan xabar olishsin. Ozodbek akaga ham aytdim, gapirmadi u kishi.

Ishqilib, xudo umrini bersin, juda qiynaldi, kasal bo‘lganiga qariyb bir oydan oshdi", deyiladi manbada.      


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

“Agar mening qo‘limda bo‘lsa, men neftni olib qo‘yar edim. Lekin AQSh xalqi buni tushunmaydi deb o‘ylayman,” — Tramp

Эрон халқи қурол олса, қаршилик кўрсатади. Агар уларда қурол бўлса, Эрон жуда тез таслим бўлар эди.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi

Президент Шавкат Мирзиёев 6 апрел куни иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш ва хусусийлаштириш жараёнларини жадаллаштиришга доир таклифлар тақдимоти билан танишди.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга кўра, Андижон вилояти ҳокимининг ўринбосари И.Исманов 50 минг доллар пора олаётганда қўлга олинган.

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

И.Б. Исманов 2022–2025 йилларда Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи лавозимини ишлаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.