Yuz ming so‘mlik banknota chiqarilishining inflyasiyaga ta’siri bormi?

Yuz ming so‘mlik banknota chiqarilishining inflyasiyaga ta’siri bormi?

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Muhamet Jumagaldiyev quyidagi fikrlarni bildiradi, deb yozadi O‘zA .

Ma’lumki, shu yilning 15 yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100 ming so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma’qulladi.

Markaziy bank tomonidan 100 ming so‘mlik banknotani muomalaga chiqarishdan maqsad aholiga naqd pul orqali hisob-kitoblarda qulaylik yaratish, saqlash, tashishni osonlashtirish, muomaladagi banknotalar strukturasini optimallashtirishdan iborat.

Yuz ming so‘mlik banknota eskirgan pul birliklarini muomaladan chiqarish hisobiga muomalaga kiritilmoqda. Shuning uchun, bu banknotalarning muomalaga chiqarilishi amaldagi naqd pul massasining oshishiga olib kelmaydi.

Demak, muomaladagi naqd pullar strukturasining o‘zgarishi inflyasiyaning oshishiga ta’sir qilmaydi. Yana ham soddaroq aytganda, 100 ming so‘mlik pul aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratadi va bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!