Yunusobodni Sebzor bilan bog‘lovchi ko‘prik 6 dekabrgacha yopildi

Yunusobodni Sebzor bilan bog‘lovchi ko‘prik 6 dekabrgacha yopildi

Poytaxtning Yunusobod tumani va Sebzor dahasini bog‘lovchi ko‘prik ta’mirlash ishlari sabab 6 dekabrga qadar yopildi, deb xabar beradi  Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

«Yunusobod tumani va Sebzor dahasini bog‘lovchi Kichik halqa avtomobil yo‘li va Usta Shirin ko‘chasidagi yerusti o‘tkazish yo‘li (ko‘prik)da ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, taxminan 6 dekabr kuniga qadar transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi», — deyiladi xabarda.

Poytaxt hokimligi tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!