Yaman yaqinida kuchli zilzila yuz berdi

Yaman yaqinida kuchli zilzila yuz berdi

Yaman yaqinida 5,9 magnitudali zilzila yuz berdi.

Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila 20:29 da Arab dengizida, mamlakatning Sokotra orolidan 360 km janubi-sharqda qayd etilgan. Yer osti silkinishlari manbai 10,2 km chuqurlikda joylashgan.

Quruqlikdagi vayronalar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Mintaqada sunami xavfi e’lon qilinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!