Yakkasaroyda ikki “Kaptiva” to‘qnashdi

Yakkasaroyda ikki “Kaptiva” to‘qnashdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 27 may kuni soat 12:45 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Nukus - Kichik Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasida 1987 y.t. S.S. (erkak) boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli va Nukus ko‘chasidan Kichik Beshyog‘och ko‘chasiga burilayotgan haydovchi 1982 y.t. A.M. (erkak) boshqaruvida bo‘lgan “Kaptiva” rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, haydovchi A.M. boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli transport vositasi ag‘darilgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!