Xorazmda bir shisha “aroq” ilinjida qimorxona tashkil etgan shaxs sudlandi

Xorazmda bir shisha “aroq” ilinjida qimorxona tashkil etgan shaxs sudlandi

Kuni kecha jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tuman sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida boshqa shaxslarga qimor o‘ynash uchun sharoit yaratib berib, qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil etganga sud hukmi o‘qildi.

Ish holatlariga ko‘ra, A.B. (ism-sharifi o‘zgartirilgan) o‘zining yashash uyida, o‘zi bilan bir mahallada yashovchi tanishlari (7 nafar kishi) ga pul tikib o‘ynaladigan qimor o‘yini o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berib, qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil qilib, qimor o‘yini o‘ynatib o‘tirganligi aniqlanib, IIB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida A.B.ning qimorxona tashkil qilgan mehmonxonasidan o‘rtada qimor uchun o‘ynalayotgan karta va pullar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi A.B.ga O‘zbekiston Respublikasi JKning 278-moddasi 1-qismi bilan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, uning qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, oilaviy sharoiti, muqaddam sudlanmaganligi, birinchi marta jinoyatga qo‘l urganligi va jazoni yengillashtiruvchi boshqa holatlar e’tiborga olinib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartlikka almashtirilib, 2 yil sinov muddati belgilandi.

M.Ruzmetov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tuman sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!