Xitoydan ipak qurti urug‘lari olib kelindi

Xitoydan ipak qurti urug‘lari olib kelindi

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, dunyo bo‘ylab xitoy, yapon, hind eman ipak qurti turlari keng yetishtirilmoqda. Ulardan olinayotgan mahsulotlar o‘ziga xos sifati bilan ajralib turadi.

Xitoy Xalq Respublikasining «Shandong Guangtong Silkworm Eggs Co., LTD» kompaniyasidan 2024 yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumi uchun ipak qurti urug‘larining birinchi partiyasi yetib keldi, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotida.

Mazkur reysda jami 100 ming 473 quti ipak qurti olib kelingan. Keltirilgan urug‘larning holati mo‘’tadil, talafotlar yo‘q.

Ushbu ipak qurti urug‘lari Farg‘ona hamda Navoiy viloyatiga jo‘natildi.

Ma’lumot o‘rnida, 10 ming 959 quti ipak qurti Farg‘onaga, 89 ming 514 quti urug‘ Navoiy viloyatiga yetkaziladi.

Yuk avtomobillarining ikkalasi ham maxsus harorat ushlaydigan jihozlar bilan ta’minlangan. Urug‘lar yetkazilgach maxsus urug‘chilik korxonalari sovitkichlarida mavsum boshlanguniga qadar saqlab turiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!