Xitoydagi "Gayemi" to‘foni 12 kishining umriga zomin bo‘ldi

Xitoydagi "Gayemi" to‘foni 12 kishining umriga zomin bo‘ldi

"Gayemi" to‘foni Xitoyning janubiy hududlarini qamrab oldi. Xen’yan shahrida kuchli yog‘ingarchilik tufayli ko‘chki sodir bo‘ldi. 12 kishi halok bo‘ldi, yana 6 kishi yaralandi.

Shahar hokimiyati suv toshqini ehtimoli haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi Reuters. Linszyan shahrida to‘fondan keyin qutqaruv ishlari chog‘ida mer o‘rinbosari va yana bir amaldor bedarak yo‘qoldi. Noqulay ob-havo tufayli 300 mingga yaqin odam hududdan evakuasiya qilingan.

"Gayemi" to‘foni avvalroq Tayvan va Filippinni ham qamrab olgan edi. Umuman olganda, qurbonlar soni 25 kishiga yetdi, 300 dan ortiq kishi jarohat oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!