Xitoy Tayvan atrofida “yurakcha” hosil qildi

A A A
Xitoy Tayvan atrofida “yurakcha” hosil qildi

Ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, dushanba kuni Tayvan atrofida 34 dengiz kemasi va 125 samolyot paydo bo‘lgan.

Xitoy Tayvan qirg‘og‘ida yangi harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi. Orol rahbari Uilyam Layning anneksiyagayoki mamlakat suverenitetiga tajovuz qilishga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi fikri XXR hukumatiga yoqmagan ko‘rinadi.

Bir necha yildirki, Xitoy o‘zini o‘zi boshqaradigan Tayvan orolini o‘ziniki, deb hisoblaydi, Rais Si Szinpin,lozim bo‘lsa, hududni kuch bilan qaytarib olishga va’da bergan.

Davlat OAVda e’lon qilingan xaritalarda Xitoy harbiy kuchlari butun orol atrofida joylashganini ko‘rish mumkin. Keyinroq mashq muvaffaqiyatli yakunlangani aytildi.

Xalq ozodlik armiyasi nomi bilan tanilgan Xitoy harbiylari ta’kidlashicha, mashg‘ulot armiyaning barcha qanotlarini qamrab olgan va Tayvanga quruqlik, dengiz va havo orqali hujum qilish amaliyoti ko‘rib chiqilgan.

Qo‘mondonlik matbuot kotibi Li Xi tadbirda qo‘shinning “integrasiyalashgan qo‘shma operasiya imkoniyati to‘liq sinovdan o‘tgani”ni ma’lum qildi.

Atrofdagi jiddiy vaziyatga qaramay, Tayvan aeroportlari va portlari odatdagidek ishladi.

Orol mudofaa vazirligi oldingi bayonotida Xitoy harakatini qoralab, ma’muriyat qarama-qarshilikni yanada kuchaytirishi mumkin bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvlarning oldini olmoqchi ekani va chetdagi orollar yuqori ogohlantirish holatiga keltirilganini bildirdi.

XXR TIV harbiy hujumga va port qamaliga tayyorgarlik ko‘rilganini tasdiqlab,orolning mustaqillikka intilishi mintaqadagi tinchlikni buzadi, dedi.

Xitoy qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Tayvan atrofida patrullar yurak shaklida joylashgan suratini bosib chiqardi.

Ma’lumki, XXR 2022 yildan beri Tayvan qirg‘oqlarida bir necha yirik harbiy mashg‘ulot o‘tkazgan, mamlakat qiruvchi samolyotlari muntazam ravishda orol havo hududiga kirib turadi.

Oxirgi mashq Pekin tomonidan “Qo‘shma qilich 2024-B” deb nomlangan. Hozirgacha bo‘lgan eng yirik amaliyot sifatida ta’riflagan ushbu mashg‘ulot ancha vaqtdan beri Tayvan mustaqilligini himoya qiluvchi, Xitoy muammo sifatida qabul qiladigan Prezident Layga qarshi “qizil chiroq” bo‘ldi. Uning Tayvan milliy kunidagi so‘nggi izohi XXR tomonidan qoralandi va Lay yomon niyatda keskinlikni kuchaytirayotgani ta’kidlandi.

Bu mashqlar ko‘pchilik tomonidan kutilgan bo‘lsa-da, Xitoy kema va samolyotlari Tayvanga juda yaqin joylashtirilishi, shuningdek olovli ritorika tajovuzkor hatti-harakat sifatida baholandi.

AQSh bunga javoban, Layning “odatiy” nutqidan keyin mashg‘ulot uchun hech qanday asos yo‘qligi, Xitoy mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka putur yetkazishi mumkin bo‘lgan keyingi harakatdan qochishi kerakligini aytdi.

Darhaqiqat, Xitoy Tayvanni harbiy jihatdan qo‘rqitishining yaqin tarixi Tayvan o‘zining birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentlik saylovini o‘tkazgan 1996 yilga borib taqaladi. O‘shanda Pekin Tayvan atrofidagi bir necha hududni chegaralangan, deb e’lon qilib, shimoliy va janubiy qirg‘oq yaqinidagi hududlarga qisqa masofali ballistik raketalar uchirgan.

AQShning o‘sha vaqtdagi Prezidenti Bill Klinton orolga hujumning oldi olinishini ko‘rsatish uchun mamlakat harbiy-dengiz kuchlarini sekingina Tayvan bo‘g‘oziga olib kirdi.

2008-2016 yillar – Tayvanning Demokratik taraqqiyot partiyasi rahbari Say Inven Prezident etib saylangunga qadar keskinlik sezilarli darajada pasaygan. Ushbu partiyani qat’iy mustaqillik tarafdori sifatida ko‘radigan Xitoy Taypeydagi hukumat bilan har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani uzdi. Shundan buyon ayni holat saqlanib qolgan.

2022 yil avgustda AQSh parlamenti spikeri Nensi Pelosi Taypeyga uchib keldi. Bu 1997 yildan beri birinchi marta sodir bo‘ldi. Mazkur tashrif va Tayvanni ochiq qo‘llab-quvvatlash Pekin tomonidan jiddiy provokasiya sifatida qabul qilindi. Qolaversa, yangi hukumatning yuqori martabali AQSh siyosatchisi tomonidan rasman tan olinishi, deya baholadi.

O‘shanda Xitoy ikki kunlik mashg‘ulot o‘tkazib, ilk bor orol ustidan Tinch okeaniga ballistik raketalarini uchirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarini yakuniy mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin

Бу ҳақда Швейцария Бош штабининг истеъфодаги подполковниги Ральф Боссхард айтиб ўтди.

Sadir Japarov beligacha qor yoqqaniga qaramay maktabga qatnayotgan o‘quvchini prezident archasiga taklif qildi

Маълумотга кўра, болакай Ош вилоятининг Коо-Чати қишлоғида яшайди ва 4-синфда таҳсил олади.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Qirg‘izistonda ayol 43 ming dollarni folbin tavsiyasi bilan qabrga ko‘mdi

Ҳужжатга кўра, фолбин аёлга пулларни фақат доллар кўмишни буюрган, акс ҳолда натижа бўлмаслигини айтган.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.