Ilon Mask birinchi trillioner bo‘lishi mumkin

A A A
Ilon Mask birinchi trillioner bo‘lishi mumkin

Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask o‘z boyligini 1 trln dollardan ko‘proqqa oshirishi mumkin — kompaniya unga tarixdagi eng qimmat bitimni taklif qildi. Maskning hozirgi boyligi $428 mlrdga baholanmoqda, yangi aksiyalar va bonuslar evaziga uning boyligiga yana taxminan $900 mlrd qo‘shishi mumkin.

Tesla direktorlar kengashi Maskni kamida 2030 yilgacha bosh direktor lavozimida ushlab turishni rejalashtirgan. Misli ko‘rilmagan miqdordagi boylikni olish uchun u kompaniyaning bir qator ulkan maqsadlarini amalga oshirishi kerak. Jumladan, 10 yil ichida kompaniya kapital qiymatini 1,1 dollardan 8,5 trillion dollargacha oshirish, 2035 yilgacha 20 millionta elektromobil sotish, bir milliontadan robotaksi va Optimus robotlarini ishlab chiqarish.

«Ilon Maskni ushlab turish va rag‘batlantirish Tesla uchun juda muhim», — dedi kompaniya direktorlar kengashi raisi Robin Denholm.

Noyabr oyida aksiyadorlar bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan ushbu kelishuv uchun ovoz berishadi — investorlarning bir qismi uni amalga oshirib bo‘lmaydi deb hisoblaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қилган.

Legionerimiz jamoasi bilan Chempionlar ligasida millionlab yevro ishlab oldi