Xalq ta’limi vazirligi byudjetining 90 foizi o‘qituvchilar maoshi uchun ajratiladi

Xalq ta’limi vazirligi byudjetining 90 foizi o‘qituvchilar maoshi uchun ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga 2019 yil uchun byudjetdan 17 trillion so‘m ajratilgan. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovga asoslangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikka ajratilgan byudjetning 90 foizi o‘qituvchilarning maoshlari uchun sarflanadi.

17 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida ta’lim tizimi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda xalq ta’limi tizimida o‘quv-tarbiyaviy va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qilayotgani haqida ma’lumot bergandi.

Iyul oyi holatiga ko‘ra, ularning o‘rtacha oyligi 1 million 230 ming so‘m bo‘lgan (bu degani har oy ularga 553 milliard 500 million so‘m oylik to‘lanishini anglatadi). 

Agar davlat o‘qituvchilarning o‘rtacha oyligini 1 mln 800 ming qilib ko‘tarsa, unda har oy o‘qituvchilar maoshi uchun 810 mlrd so‘m atrofidagi mablag‘ sarflanadi.

Ma’lumot uchun, 2019 yil 1 yanvardan boshlab umumta’lim muassasalari o‘qituvchilarining malaka toifasidan kelib chiqqan holda oliy toifali o‘qituvchilar uchun ish haqi 25 foizga, mutaxassis toifali o‘qituvchilar uchun 10 foizga oshirilishi belgilangan.

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!