WhatsAppda firibgarlikning yangi turi paydo bo‘ldi

A A A
WhatsAppda firibgarlikning yangi turi paydo bo‘ldi

WhatsApp orqali firbgarlikda, foydalanuvchilardan ilova uchun pushti rang sxemasi bilan yangilanishni o‘rnatishi so‘raladi, bu ularni o‘z hisobiga kirish huquqidan mahrum qilishi mumkin.

Qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab minglab foydalanuvchilar xakerlar qurboniga aylanishgan.

Firibgarlar sxemasi shunday ishlaydi: guruh chatlaridan birida havola orqali o‘tishni va pushti mavzu bilan yangilanishni o‘rnatishni talab qiladigan xabar keladi. Keyin telefonlarga dastur yuklab olinadi, bu foydalanuvchini hisobga kirish huquqidan mahrum qilishi mumkin.

Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis yangi turdagi firibgarlikka duch kelganlar dasturni barcha qurilmalardan o‘chirib tashlashni, parolni o‘zgartirishni va brauzer keshini tozalashni tavsiya qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!