Volodin Samarqandga keldi

Volodin Samarqandga keldi

Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi delegasiya Samarqandga tashrif buyurdi. RIA Novosti xabar berishicha, Davlat Dumasi raisi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov bilan uchrashdi.

Siyosatchilarning uchrashuvi Volodin O‘zbekistonga kelganidan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng delegasiya “Xazrati Xizr” majmuasiga yo‘l oldi, u yerda Davlat Dumasi spikeri respublikaning birinchi prezidenti Islom Karimov maqbarasiga gul qo‘ydi.

Volodin Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva bilan ham uchrashadi. Tomonlar parlamentlararo hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!