Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, erkak 2025 yil iyun oyidan buyon oyiga 300 dollar evaziga ijaraga olingan xonadonda hujra tashkil etib, Namangan shahri va viloyatning turli hududlaridan kelgan 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan. U diniy bilimlarni ijtimoiy tarmoqlardagi noma’lum manbalardan mustaqil o‘rgangan bo‘lib, rasmiy diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan.
Aniqlanishicha, hujrada ta’lim olayotgan bolalarning 10 nafari yetti yoshgacha, 13 nafari esa yetti yoshdan katta bo‘lgan. Ularning barchasi joriy o‘quv yilida umuman maktabga qatnamagan. Ayrim bolalar maktab va darslar haqida ham tushunchaga ega emasligi aniqlangan.
Tekshiruv davomida maktab yoshidagi bolalarning ota-onalari maktab ma’muriyati bilan kelishgan holda farzandlarini elektron nazorat tizimidan chiqarib yuborgani, darsga qatnamaslik holatini yashirish maqsadida o‘qish joylarini tez-tez o‘zgartirib kelgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda hujra tashkil qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bolalarning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi asosida javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, maktab rahbarlari va o‘qituvchilarining harakatsizligi Jinoyat kodeksining 228-moddasi doirasida baholanishi mumkinligi qayd etilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.