Transport xizmatlari hajmi 150 trln so‘mdan oshdi
Transport xizmatlari hajmi 150 trln so‘mdan oshdi
🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 150,8 trln so‘mni tashkil etgan.
📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 13,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi esa 18,4 % ni tashkil etgan.
🇺🇿 Hududlar kesimida transport xizmatlarining hajmi:
Qoraqalpog‘iston Resp. — 3,9 trln so‘m
Andijon viloyati — 7,1 trln so‘m
Buxoro viloyati — 6,2 trln so‘m
Jizzax viloyati — 2,2 trln so‘m
Qashqadaryo viloyati — 6,1 trln so‘m
Navoiy viloyati — 3,1 trln so‘m
Namangan viloyati — 5,3 trln so‘m
Samarqand viloyati — 11,5 trln so‘m
Surxondaryo viloyati — 3,1 trln so‘m
Sirdaryo viloyati — 1,2 trln so‘m
Toshkent viloyati — 10,9 trln so‘m
Farg‘ona viloyati — 8,9 trln so‘m
Xorazm viloyati — 5 trln so‘m
Toshkent shahri — 33,7 trln so‘m
