Rossiya prezidenti Vladimir Putin ekstremistik faoliyat yoki terrorizmga aloqador shaxslarning pul mablag‘lari va mol-mulkidan foydalanishini cheklovchi yangi qonunni imzoladi.
Yangi qonunga ko‘ra, ekstremistlar va terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar faqat o‘z ehtiyojlari hamda daromad manbayiga ega bo‘lmagan oila a’zolarini ta’minlash uchun cheklangan miqdorda moliyaviy operasiyalarni amalga oshirishi mumkin. Bunday xarajatlar qatoriga ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar kiradi.
Hukumat Markaziy bank bilan kelishilgan holda, oila a’zolarining har biri uchun oyiga 10 ming rubl miqdorida limit belgilagan. Barcha operasiyalar Rosfinmonitoring bilan oldindan kelishilishi shart.
Shuningdek, gumonlanuvchi yoki qidiruvda bo‘lgan shaxslarning mablag‘lari Rosfinmonitoring saytida ular haqida ma’lumot e’lon qilinganidan so‘ng 24 soat ichida to‘liq muzlatilishi nazarda tutilgan. BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalarida qayd etilgan shaxslarga nisbatan esa moliyaviy cheklovlar oldindan ogohlantirmasdan qo‘llaniladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола Англия Премьер-лигасининг 27-туридан ўрин олган «Ньюкасл»га қарши ўйинда Рубен Диаш ўрнига Абдуқодир Ҳусановни тушириш борасидаги қарорига изоҳ берди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.