Rossiyalik ekspert Abduqodir Husanovni iqtidorsiz futbolchilar toifasiga qo‘shdi
Rossiyalik ekspert Vladimir Mansev O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovning imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
— Qarang, u juda iqtidorli himoyachi, ammo, afsuski, hozircha "Manchester Siti" unga unchalik mos kelmayapti. U "Lans"da o‘ynab, muayyan yutuqlarga erishgan, ammo "Manchester Siti"ga kelganingda bosim eng yuqori darajada bo‘ladi.
Gvardiola uni markaziy himoyachi sifatida sinab ko‘rdi va u hozircha bu vazifani bajara olmayotganini tushundi. Qanot himoyachisi sifatida ham ko‘rib chiqdi — oldingi harakatlarda ijodkorlik yetishmaydi. Tezligi bor, albatta. Vinisiusni quvib yetgan epizodni eslaysiz. Ammo "Manchester Siti"da o‘ynash uchun maydondagi fikrlash, ya’ni "bosh bilan o‘ynash" yetishmayapti. Chunki u yerda aqlli futbol o‘ynaydiganlar jamlangan.
Rostini aytsam, men uni "o‘rtacha" yoki “iste’dodsiz” toifasiga qo‘yish haqida o‘yladim. Lekin mening yaqin do‘stim O‘zbekiston fuqarosi, shuning uchun "iqtidorsiz" degan toifaga qo‘ysam, barcha o‘zbeklar menga qarshi chiqadi. Rostdan ham, meni "sochib tashlashga" tayyor bo‘lishadi. Ammo baribir men ko‘proq “iste’dodsiz” degan fikrga moyilman.
Do‘stlar, hammasi yaxshi bo‘ladi. Lekin, afsuski, u "iqtidorsiz" toifasiga tushadi, — dedi Mansev.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy yilning yanvar oyida Fransiyaning "Lans" jamoasidan "Manchester Siti" safiga o‘tgan edi. Ushbu mavsumda u "shaharliklar" tarkibida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushgan.
